Taqriz siyosati
Jurnalga yuborilgan barcha ilmiy maqolalar nashrdan oldin taqrizdan o‘tkaziladi.
- Taqrizchi maqola mavzusiga yaqin sohada ilmiy darajaga yoki tajribaga ega mutaxassislar orasidan tanlanadi.
- Taqrizchi maqolaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, metodologiyasi, natijalarning asoslanganligi va rasmiylashtirilishini baholaydi.
- Taqriz natijasida maqola: nashrga tavsiya etiladi, tuzatish uchun qaytariladi yoki rad etiladi.
- Taqriz jarayoni maxfiy: maqola mazmuni va taqrizchi fikri uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi.
- Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lgan mutaxassis taqrizchi sifatida tayinlanmaydi.
Yakuniy qaror tahririyat tomonidan taqriz xulosasi asosida qabul qilinadi.