Maqsad va yo‘nalishlar

«Fan va ta'lim yangiliklari» — ta’lim, fan va jamiyat taraqqiyotiga oid yangi ilmiy natijalarni tez va ochiq tarzda ilmiy hamjamiyatga yetkazishni maqsad qilgan ilmiy-amaliy jurnal.

Jurnalning asosiy vazifalari

  • tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va amaliyotchilarning ilmiy izlanishlarini nashr etish;
  • pedagogika va psixologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, metodikalar va tajribalarni ommalashtirish;
  • fanlararo tadqiqotlar va xalqaro ilmiy hamkorlik uchun maydon yaratish;
  • har bir maqolani ilmiy bazalarda topiladigan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan holda chop etish.

Asosiy yo‘nalishlar

Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori (25.08.2025, №374/5) bilan jurnal pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shu bilan birga jurnal boshqa fan yo‘nalishlaridagi sifatli ilmiy maqolalarni ham qabul qiladi: tabiiy va aniq fanlar, iqtisodiyot, filologiya, huquq, tibbiyot, axborot texnologiyalari va boshqalar.

Nashr tillari

Maqolalar o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.