Nashr jarayoni va muddatlar

Maqola yuborilgandan to chop etilgunga qadar quyidagi bosqichlardan o‘tadi.

  1. Yuborish. Muallif saytdagi «Maqola yuborish» formasi orqali (yoki Telegram orqali) maqola faylini yuboradi.
  2. Dastlabki ko‘rik. Tahririyat maqolaning jurnal yo‘nalishiga va rasmiylashtirish talablariga mosligini tekshiradi.
  3. Plagiat tekshiruvi. Matnning asl ekanligi tekshiriladi.
  4. Taqriz. Maqola soha mutaxassisi tomonidan baholanadi; zarur bo‘lsa, muallifga tuzatish uchun qaytariladi.
  5. Qabul qilish. Ijobiy xulosadan so‘ng muallifga maqola qabul qilingani haqida xabar beriladi.
  6. Nashr. Qabul qilingan maqola 3 kun ichida saytda chop etiladi, unga DOI beriladi va maqola alohida sahifada PDF bilan joylashtiriladi.

Nashr qilingan maqolaning manzili (URL) o‘zgarmaydi — uni ilmiy ishlar ro‘yxati va hisobotlarda bemalol ko‘rsatish mumkin.