EHTIMOLLAR NAZARIYASIGA DOIR MASALALAR YECHISHDA O‘QUVCHILARNING MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ehtimollar nazariyasiga doir masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodikasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda TIMSS 2023 va PISA 2022 xalqaro baholash dasturlari natijalari, ehtimoliy noto‘g‘ri tasavvurlarni o‘rganishga qaratilgan empirik tadqiqotlar hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish samaradorligi bo‘yicha meta-tahlillar ma’lumotlari tahlil qilingan. TIMSS 2023 na-tijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 8-sinf o‘quvchilari «Ma’lumotlar va ehtimollik» yo‘nalishida 371 ball to‘plagan bo‘lib, bu umumiy matematika natijasidan 50 ballga pastdir. Mazkur holat asosida ehtimollik masalalarini o‘qitishda o‘quvchilarning dastlabki taxminlarini tajriba orqali tekshirish, matematik asoslash va o‘z fikrlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan to‘rt bosqichli metodik model ishlab chiqilgan. Shuningdek, ehtimoliy noto‘g‘ri tasavvurlarni aniqlashga xizmat qiluvchi top-shiriqlar hamda o‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: ehtimollar nazariyasi, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, ehtimoliy noto‘g‘ri tasavvurlar, reprezentativlik evristikasi, matematik savodxonlik, TIMSS, PISA, ma-tematika o‘qitish metodikasi