BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA MEDIA SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda media savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik asoslari, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati hamda pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida media va axborot kompetensiyalarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda media savodxonlikning tarkibiy komponentlari, axborotni izlash, tahlil qilish, tanqidiy baholash va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish omillari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va innovatsion pedagogik metodlardan foydalanish asosida bo‘lajak pedagoglarning media savodxonligini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: media savodxonlik, bo‘lajak pedagoglar, pedagogik kompetensiya, raqamli ta’lim, axborot madaniyati, tanqidiy fikrlash, media kompetensiya, innovatsion texnologiyalar