ANALITIK GEOMETRIYANI O‘QITISHDA AKSIOMATIK, VEKTORLI VA KOORDINATALI YONDASHUVLARNING METODIK INTEGRATSIYASI

  • Shodiyev Oybek Narzullayevich — Toshkent davlat transport universiteti “Oliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
269-278
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24187440

Annotatsiya

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida analitik geometriyani o‘qitish jarayonida aksiomatik asoslash, vektorli tavsiflash va koordinatali hisoblash usullarini mazmunan uyg‘unlashtirish masalasi tadqiq etilgan. Geometriya ta’limiga oid ilmiy manbalarning qiyosiy tahlili, matematik modellashtirish va geometrik munosabatlarni deduktiv tekshirish asosida uchta yondashuvni integratsiyalashgan holda qo‘llashning metodik tamoyillari ishlab chiqilgan. O‘quv masalalarini tanlashda geometrik shartning mantiqiy asoslanganligi, vektorli tavsifning zarurati, koordinatali hisoblashning imkoniyatlari hamda olingan natijani geometrik jihatdan talqin qilish mezonlari belgilangan. Taklif etilgan metodik yondashuv ikki turli nuqta orqali o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq hamda fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikning o‘zaro vaziyati misolida yoritilgan. Tadqiqot natijasida geometrik mulohaza, vektorli modellashtirish va koordinatali hisoblash jarayonlarini yagona didaktik tizimda tashkil etishga qaratilgan metodik tavsiyalar shakllantirilgan.

Kalit so‘zlar: analitik geometriya, aksiomatik yondashuv, vektorli yondashuv, koordinatali yondashuv, o‘qitish metodikasi, geometrik munosabat, matematik modellashtirish, didaktik integratsiya

PDF yuklab olish