ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA ILMIY VA METODIK YONDASHUVLAR INTEGRATSIYASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ilmiy va metodik yondashuvlarn-ing o‘zaro integratsiyasi masalasi nazariy-metodologik jihatdan tahlil etilgan. Ta’lim sifatini ta’minlashda ilmiy yondashuvning fundamental bilim, dalillarga asoslanganlik, tizimlilik va tadqiqotchilik tamoyillari bilan metodik yondashuvning amaliy yo‘naltirilganligi, pedagogik texnologiyalar va ta’lim metodlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik ochib berilgan. Ilmiy-metodik yondashuvlarni integratsiyalash-ning tizimli, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar bilan bog‘liqligi asoslangan. Shuningdek, integratsiyaning pedagogik jarayon mazmuni, metodlari, vositalari, baholash mexanizmlari va kuti-layotgan natijalarga ta’siri yoritilgan. Maqolada ilmiy-metodik integratsiyaning pedagogik shart-sharoitlari hamda uni ta’lim amaliyotiga joriy etishning konseptual modeli taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: zamonaviy ta’lim, ilmiy yondashuv, metodik yondashuv, integratsiya, pedagogik ja-rayon, kompetensiyaviy yondashuv, tizimli yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, pedagogik texnologiya, ta’lim sifati