ZAMONAVIY PEDAGOG IMIJINI BELGILOVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR

  • Jo‘rayeva Sohibjamol Norqobilovna — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti “Psixologiya” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
44-55
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23612032

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy pedagog imijining ijtimoiy-psixologik mohiyati, un-ing shakllanishiga ta’sir etuvchi shaxsiy-psixologik, kasbiy, kommunikativ, axloqiy va ijtimoiy omillar tahlil qilingan. Pedagog imijining ta’lim oluvchilar, ota-onalar, hamkasblar va jamoatchilik bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, pedagogning kasbiy kompetentligi, emotsional barqarorligi, muloqot madaniyati, tashqi ko‘rinishi, raqamli savodxonligi va ijtimoiy nufuzining ijobiy imijni shakllantirishdagi o‘rni asoslangan. Tadqiqotning empirik qismida R. B. Kettellning 16 faktorli shaxs so‘rovnomasi asosida 234 nafar pedagogning ayrim shaxs xususiyatlari tahlil qilingan. Natijalar pedagog imijini shakllantirishda muloqotga moyillik, o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy faollik va kasbiy o‘ziga ishonch kabi xususiyatlarning ahamiyatini ko‘rsatadi. Pedagog imijini takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: pedagog imiji, ijtimoiy-psixologik omillar, kasbiy kompetentlik, pedagogik mu-loqot, shaxs xususiyatlari, kasbiy obro‘, emotsional barqarorlik, raqamli imij, o‘zini nazorat qilish, pedagogik faoliyat

PDF yuklab olish