ZAMONAVIY O‘ZBEK OILASIDA MUHABBAT FENOMENINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TALQINI
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek oilasida muhabbat fenomenining ijtimoiy-psixologik mazmuni hamda uning er-xotin munosabatlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy turmush davomiyligining turli bosqichlarida muhabbatning psixologik turlari qanday namoyon bo‘lishi empirik jihatdan o‘rganilib, ehtirosli, do‘stona, pragmatik, altruistik va boshqa muhabbat ko‘rinishlarining o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, er-xotin o‘rtasidagi hissiy munosabatlarning oilaviy tajriba, milliy qadriyatlar va o‘zbek oilasiga xos ijtimoiy-madaniy muhit bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari muhabbatning oilaviy hayot davomida turlicha psixologik mazmun kasb etishi mumkinligini hamda zamonaviy o‘zbek oilasida hissiy yaqinlik va hayotiy sheriklikning o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: muhabbat fenomeni, zamonaviy o‘zbek oilasi, er-xotin munosabatlari, muhabbat turlari, nikoh davomiyligi, hissiy yaqinlik, hayotiy sheriklik, milliy qadriyatlar, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar