ZAMONAVIY O‘ZBEK OILASIDA BOLA TARBIYASI: IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMOLAR, ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek oilasida bola tarbiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyati, uning mazmuni, oilaviy muhitning bola shaxsini shakllantirishdagi o‘rni hamda ota-onalarning pedagogik mas’uliyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan holda ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish, oilada demokratik va hamkorlikka asoslangan muloqotni qaror toptirish, ijobiy intizom tamoyillaridan foydalanish, bolalarning raqamli savodxonligi va media xavfsizligini ta’minlash, “oila-maktab-mahalla” hamkorligini kuchaytirish maqsadida ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: oila, bola tarbiyasi, zamonaviy oila, ota-ona mas’uliyati, oilaviy muhit, pedagogik madaniyat, axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar, ijtimoiylashuv, raqamli tarbiya, media savodxonlik, ijobiy intizom, oila-maktab-mahalla hamkorligi