ZAMONAVIY INSEKTOAKARITSID PREPARATLARINING TOVUQLAR ORGANIZMIDAGI GEMATOLOGIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI

  • Salimov Yunus Salimovich — Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universi-teti professori, veterinariya fanlari doktori (DSc)
  • Shonazarova Guloro Sirojiddin qizi — Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universi-teti tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
24-32
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23318175

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy insektoakaritsid preparatlarning tovuqlar organizmidagi ge-matologik, klinik-biokimyoviy va oksidlovchi stress bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Organofosfatlar, pire-troidlar, fenilpirazollar va izoksazolinlar guruhiga mansub faol moddalarning toksikodinamik xususiyatlari, qon hujayralari, immun tizimi, jigar va buyrak faoli-yatiga ehtimoliy ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Tovuq qonining o‘ziga xos fizi-ologik xususiyatlari, jumladan, eritrotsitlarning yadroli bo‘lishi, heterofil-limfotsit nisbatining stress biomarkeri sifatidagi ahamiyati hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlarni talqin qilishdagi metodologik cheklovlar ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: insektoakaritsidlar, tovuqlar gematologiyasi, veterinariya biokimyosi, toksikologik biomarkerlar, oksidlovchi stress, heterofil-limfotsit nisbati, fluralaner, fipronil, del-tametrin, jigar faoliyati, siydik kislotasi

PDF yuklab olish