YOSHLARNING EKOLOGIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH: HUQUQIY ASOSLAR VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

  • Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
194-199
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22644503

Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlarning ekologik huquqlarini himoya qilishning nazariy-huquqiy asoslari, ekologik xavfsizlikni ta’minlashning yoshlar hayotidagi o‘rni hamda qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqining mazmuni tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning ekologik huquqlarini konstitutsiyaviy va huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida yoshlarning ekologik huquqlarini samarali ta’minlashda ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, ekologik axborotdan foydalanish va davlat organlari faoliyatini takomillashtirishning ahamiyati asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar: yoshlar, ekologik huquqlar, ekologik xavfsizlik, qulay atrof-muhit, ekologik madaniyat, Konstitutsiya, ekologik ta’lim, huquqiy himoya

PDF yuklab olish