YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA PEDAGOG-PSIXOLOGLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatlari, shuningdek, pedagog-psixologlarning yoshlarda oilaviy munosabatlarga psixologik tayyorlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Oilaning jamiyat hayotidagi ahamiyati, oilaviy munosabatlarning barqarorligi, er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar, mas’uliyat, emotsional madaniyat hamda yoshlarni oilaviy rollarni bajarishga tayyorlash masalalari yoritilgan. Sharq mutafakkirlarining ilmiy-ma’naviy merosi, shuningdek, G‘arb falsafiy-psixologik tafakkurida shaxsning axloqiy kamoloti, iroda, mas’uliyat va shaxslararo munosabatlarga oid qarashlar tahlil qilingan. Ilmiy manbalar tahlili asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida tizimli psixologik-pedagogik hamrohlikni yo‘lga qo‘yish zarurati asoslangan. Pedagog-psixolog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida psixologik tayyorlikni diagnostika qilish, kommunikativ madaniyatni shakllantirish, emotsional o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirish, nizolarning oldini olish, oilaviy majburiyatlarga mas’uliyatli munosabatni tarkib toptirish hamda konstruktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish belgilangan. Yoshlarni oilaviy hayotga maqsadli psixologik-pedagogik tayyorlash psixologik jihatdan barqaror va ijtimoiy mas’uliyatli oilalarni shakllantirishning muhim sharti ekanligi haqida xulosa qilingan.
Kalit so‘zlar: oila, oilaviy hayot, yoshlar, pedagog-psixolog, psixologik tayyorlik, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, oilaviy munosabatlar, emotsional madaniyat, ma’naviy qadriyatlar, mas’uliyat