YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA SPORTNING O‘RNI

  • Xo‘janazarov Serob Murodillo o‘g‘li — Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
383-389
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22977086

Annotatsiya

Mazkur maqolada XXI asr globallashuv sharoitida zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida yoshlar orasida yuzaga kelayotgan kamharakatlilik muammosi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sport va jismoniy tarbiyaning o‘rni tahlil qilingan. Unda muntazam jismoniy faollikning inson organizmiga ta’siri, yoshlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sport mashg‘ulotlarining yoshlar orasida intizom, mas’uliyat, iroda, qat’iyatlilik, jamoada ishlash va o‘z faoliyatini nazorat qilish kabi ijobiy sifatlarni shakllantirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga jalb qilish, ta’lim muassasalarida sport to‘garaklari va musobaqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish faqat sport bilan cheklanmasdan, to‘g‘ri ovqatlanish, yetarli dam olish, kun tartibiga rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish va jismoniy faollikni kundalik hayotga singdirish bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan.

Kalit so‘zlar: sog‘lom turmush tarzi, sport, jismoniy tarbiya, jismoniy faollik, yoshlar, jismoniy madaniyat, sog‘liq, faol dam olish, sport mashg‘ulotlari, sog‘lom odatlar

PDF yuklab olish