YOSHLAR O‘RTASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING TIPOLOGIYASI

  • Shamshimetov Timur — Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi mustaqil tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
360-369
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24187493

Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlar o‘rtasida uchraydigan huquqbuzarliklarning tipologik xususiyatlari, ularning asosiy shakllari hamda kelib chiqishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, ma’naviy-axloqiy va pedagogik omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Huquqbuzarlik va deviant xulq-atvor tushunchalarining o‘zaro munosaba-ti, yoshlarning noqonuniy xatti-harakatlariga sabab bo‘luvchi individual va ijtimoiy omillar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari yoritilgan. Yoshlar, xususan, talabalar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish, individual va umumiy profilaktika tadbirlarini takomil-lashtirish hamda oila, ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligini kuchaytirish yu-zasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: yoshlar, huquqbuzarlik, tipologiya, deviant xulq-atvor, delinkvent xulq-atvor, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ijtimoiy muhit, profilaktika, tarbiya, ijtimoiy nazorat

PDF yuklab olish