YOSHLAR FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI

  • Maxmudova Darmonjon Bozorboyevna — “International School of Finance Technology and Science” instituti professori v.b., ped-agogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
33-43
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23612394

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy yoshlar faoliyatining o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, jumladan, raqamli muhitda shakllangan axborotni qabul qilish uslubi, tezkor natijaga erishishni kutish tendensiyasi va umrbod ta’limga bo‘lgan ehtiyojning o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va ilmiy adabiyotlarni umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Ichki va tashqi omillar integratsiyasini ifodalovchi “impuls – internalizatsiya – mustaqil faoliyat” uch bosqichli modeli hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi mikro-, mezo- va makrodara-jalar asoslab beriladi. Xorijiy motivatsiya nazariyalarini milliy-madaniy kontekstga moslashtirish zarurati yoritilib, yoshlarning o‘z-o‘zini rivojlantirish darajasini baholash mezonlari, monitoring mexanizmlari va amaliyotga tatbiq etish bosqichla-ri tavsiflanadi. Ta’lim muassasalari, oila, yoshlar tashkilotlari va yoshlarning o‘zlari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar: yoshlar, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya, internali-zatsiya, o‘zini o‘zi belgilash nazariyasi, raqamli avlod, umrbod ta’lim, mentorlik, refleksiya

PDF yuklab olish