YOSH FUTBOLCHILARDA SENSOR-MOTOR, KOGNITIV VA EMOTSIONAL KO‘RSATKICHLARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOFIZIOLOGIK MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Maqolada 12–13 yoshli futbolchilarda musobaqa samaradorligini ta’minlovchi sen-sor-motor, kognitiv va emotsional psixofiziologik ko‘rsatkichlarni 8 haftalik korreksion-rivojlantiruvchi dastur yordamida rivojlantirish natijalari keltirilgan. 39 nafar futbolchi (tajriba guruhi n=19, nazorat guruhi n=20) “Multipsixometr” majmuasining PVE, SMR, Tepping, Raven-SPM va rang tanlash metodikalari bilan tekshirildi. Tajriba guruhida oddiy ko‘ruv-motor reaksiya vaqti 432,6 ms dan 351,8 ms gacha qisqardi (p
Kalit so‘zlar: psixofiziologiya, sensor-motor reaksiya, antisipatsiya, nerv jarayonlari, tepping-test, emotsional barqarorlik, yosh futbolchilar, psixofiziologik pasport