YECHILMAYDIGAN PROTEZLARDAN UZOQ MUDDAT FOYDALANUVCHI SHAXSLAR OG‘IZ BO‘SHLIG‘INING ANATOMO-FUNKSIONAL HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

  • Bahodirov Shamshodjon Bahodir o‘g‘li — Alfraganus University stomatologiya va farmatsiya fakulteti talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
490-497
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23611173

Annotatsiya

Ushbu maqolada yechilmaydigan ortopedik konstruksiyalardan uzoq muddat foy-dalanishning periodontal to‘qimalar, alveolyar suyak, okklyuzion tizim, chaynash mushaklari va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi faoliyatiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Periodontal indekslar, klinik birikish darajasi, marjinal suyak re-zorbsiyasi, okklyuzion yuklamaning taqsimlanishi hamda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi belgilari kompleks baholashning asosiy mezonlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Mavjud adabiyotlar tahlili asosida protezlarning uzoq muddatli klinik samaradorligini baholashda konstruksiyaning texnik sifati bilan bir qatorda biologik moslik, individual gigiyena va funksional monitoringning ahamiyati yori-tiladi. Kompleks klinik-instrumental nazoratni tashkil etish bo‘yicha amaliy yon-dashuvlar taklif qilinadi.

Kalit so‘zlar: yechilmaydigan protezlar, ortopedik stomatologiya, periodontal to‘qimalar, alve-olyar suyak, okklyuziya, chaynash mushaklari, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi, klinik monitoring

PDF yuklab olish