YANGI MILLIY TA’LIM DASTURINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISHDA PEDAGOGIK MAHORATNI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Annotatsiya
Mazkur maqolada yangi milliy ta’lim dasturini ishlab chiqish va ta’lim amaliyotiga joriy etish jarayonida pedagogik mahoratni rivojlantirish tizimini takomillashtirish-ning nazariy asoslari hamda amaliy yo‘nalishlari yoritilgan. Ta’lim mazmunining yangilanishi sharoitida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini kuchaytirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish mexanizmlarini takomil-lashtirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, malaka oshirish jarayonini amaliy faoliyat bilan bog‘lash, tajriba almashish, mentorlik, kasbiy hamkorlik va pedagog-ik faoliyat natijalarini tahlil qilishga asoslangan yondashuvlar asoslab berilgan. Maqolada milliy ta’lim dasturini samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi peda-gogik mahoratni rivojlantirishning takomillashtirilgan tashkiliy-metodik modeli taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: milliy ta’lim dasturi, pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya, malaka oshirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, metodik tayyor-garlik, ta’lim sifati, mentorlik, kasbiy hamkorlik