XXI ASR PSIXOLOGIYASINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI

  • Pulatov Jamshid Abdumadjitovich — Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
61-70
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24105590

Annotatsiya

Mazkur maqolada XXI asr psixologiyasini o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari, xususan, ta’limni raqamlashtirish, kompetensiyaviy yondashuv, fanlararo integratsiya, interfaol metodlardan foydalanish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Psixologik bilimlarni o‘zlashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, sport psixologiyasida kompyuter texnologiyalari va raqamli psixodiagnostik vositalardan foydalanishning ahamiyati, ularning sportchilarning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash, emotsional holatini baholash va psixologik tayyorgarligini takomillashtirishdagi imkoniyatlari asoslab berilgan. Psixologiyani o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: XXI asr psixologiyasi, zamonaviy tendensiyalar, innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, fanlararo integratsiya, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, kompyuter texnologiyalari, kasbiy kompetensiya

PDF yuklab olish