XOTIN-QIZLARDA REKREATSION MIGRATSIYA MOTIVINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KORRELYATLARI
Annotatsiya
Maqolada xotin-qizlarda rekreatsion migratsiya motivining ijtimoiy-psixologik omillari korrelyatsion tahlil qilingan. Natijalarda emotsional-regenerativ va kognitiv-rivojlantiruvchi motivlarning psixologik himoya mexanizmlari bilan aloqadorligi aniqlangan. Siqib chiqarish, rad etish va kompensatsiya emotsional tiklanish ehtiyoji bilan ijobiy, bostirish va ratsionalizatsiya esa kognitiv-rivojlantiruvchi omillar bilan salbiy bog‘liqlikni namoyon etgan.
Kalit so‘zlar: rekreatsion migratsiya, xotin-qizlar, migratsiya motivi, emotsional-regenerativ omil, kognitiv-rivojlantiruvchi omil, psixologik himoya, kompensatsiya, ratsionalizatsiya