XORIJIY MAMLAKATLARDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN O‘ZBEKISTON FUQAROLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI

  • Saidov Baxtiyor Odilovich — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
320-329
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24125111

Annotatsiya

Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy-psixologik muammolari, ularning kelib chiqish omillari hamda ushbu muammolarni profilaktika qilish va bartaraf etishning ilmiy-amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Xususan, mehnat migrantlarining yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, oiladan uzoqda yashash, ijtimoiy yakkalanish, til va madaniyat bilan bog‘liq qiyinchiliklar, ruhiy zo‘riqish, kamsitilish hamda mehnat munosabatlaridagi muammolarning shaxs psixologiyasiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, migrantlarga psixologik yordam ko‘rsatish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, huquqiy va axborot savodxonligini oshirish hamda qaytgan migrantlarning jamiyatga qayta moslashuvini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashning ko‘p bosqichli profilaktik va psix-ologik yordam modelini takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy takliflar ishlab chi-qilgan.

Kalit so‘zlar: mehnat migratsiyasi, o‘zbekistonlik migrantlar, ijtimoiy-psixologik muammolar, psixologik moslashuv, ruhiy salomatlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy munosabatlar, migratsion stress, profilaktika, psixologik yordam, reintegratsiya, ijtimoiy himoya

PDF yuklab olish