XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRAYOTGAN MIGRANTLARNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASHNING KOMPLEKS MODELI
Annotatsiya
Maqolada mehnat migratsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrantlarni migratsiya jarayonining turli bosqichlarida psixologik qo‘llab-quvvatlashning kompleks tizimini ishlab chiqish zarurati yoritilgan. R. Lazarus va S. Folkman tomonidan ishlab chiqilgan stressning kognitiv-tranzaksion nazariyasi, A.N. Leontevning faoliyat yondashuvi hamda J. Berry tomonidan ishlab chiqilgan akkulturatsiya va akkulturatsion stress konsepsiyasiga tayangan holda mehnat migrantlarida yuzaga keladigan asosiy psixologik qiyinchiliklar tahlil qilingan. Til va madaniy tafovutlar, ijtimoiy izolyatsiya, oila a’zolaridan uzoqda yashash, huquqiy noaniqlik, ijtimoiy rollarning o‘zgarishi va kasbiy moslashuvning migrantlarning psixologik farovonligiga ta’siriga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida yetti mamlakatda olib borilgan empirik tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashning kompleks modeli taklif etilgan. Model migratsiyadan oldingi psixologik tayyorgarlik, xorijda bo‘lish davridagi psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda migratsiyadan keyingi reintegratsiya bosqichlarini qamrab oladi.
Kalit so‘zlar: mehnat migratsiyasi, migratsion stress, akkulturatsion stress, psixologik moslashuv, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy izolyatsiya, oilaviy separatsiya, psixologik maslahat, migratsiyadan oldingi tayyorgarlik, reintegratsiya, mehnat migrantlari