XALQ O‘YINLARINING AN’ANAVIY BAYRAM VA MAROSIMLAR BILAN BOG‘LIQLIGI

  • Begmatova Oydina Xolmuratovna — Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
209-216
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23096195

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek xalq o‘yinlarining an’anaviy bayram va marosimlar bilan tarixiy-funksional aloqasi tahlil qilinadi. Xalq o‘yinlarining Navro‘z, mavsumiy sayillar, hosil bilan bog‘liq tantanalar, to‘ylar va jamoaviy yig‘inlardagi o‘rni ularning o‘tkazilish vaqti, makoni, ishtirokchilar tarkibi hamda funksional xususiyatlari asosida ochib beriladi. Tadqiqotda o‘yin, bayram va marosim bir-biriga yaqin, biroq mazmun va vazifasi jihatidan farqlanuvchi madaniy hodisalar sifatida qaraladi. Manbalar tahlili xalq o‘yinlarining mavsumiy, musobaqaviy-tomosha, kommunikativ-integrativ, tarbiyaviy va madaniy-translyatsion funksiyalarini ajratish imkonini berdi. Shuningdek, an’anaviy o‘yinlarning zamonaviy etnosport va festival amaliyotiga moslashuvi jarayonida ularning tarixiy kontekstini saqlash masalalariga e’tibor qaratiladi.

Kalit so‘zlar: xalq o‘yinlari, an’anaviy bayram, marosim, Navro‘z, sayil, ko‘pkari, kurash, poyga, etnosport, nomoddiy madaniy meros

PDF yuklab olish