VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI VA JINOIY XATTI-HARAKATLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLILI

  • Umarov Baxriddin Mengboyevich — Alfraganus universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
26-33
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23612844

Annotatsiya

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va jinoiy xatti-harakatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Bolalar va o‘smirlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning asosiy turlari, jinoiy xatti-harakat bilan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik, yosh davriga xos psixologik omillar hamda ijtimoiy muhitning ta’siri yoritiladi. Shuningdek, o‘smirlarda noqonuniy xulq-atvor motivlarining shakllanishi, tengdoshlar guruhining ta’siri, oilaviy tarbiya va nazoratning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda psixologik, pedagogik va ijtimoiy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, jinoiy xatti-harakat, jinoyatchi shaxsi, individual-psixologik xususiyatlar, jinoiy motiv, ehtiyoj, maqsad, ijtimoiy muhit, o‘smirlik davri, huquqbuzarliklarning oldini olish

PDF yuklab olish