VIRTUAL ADDIKSIYANING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOHIYATI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA ILK O‘SPIRINLIK DAVRIGA XOS XUSUSIYATLAR

  • Hoshimov Nodirjon Ergash o‘g‘li — mustaqil tadqiqotchi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
149-155
Nashr sanasi

Annotatsiya

Maqolada virtual addiksiyaning ijtimoiy-psixologik mohiyati, uning shakllanishini tushuntiruvchi nazariy yondashuvlar hamda ilk o‘spirinlik davrida namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston va xorij tadqiqotchilarining qarashlari asosida internetdan faol foydalanish, muammoli foydalanish va addiktiv xulq-atvor tushunchalari farqlanadi. Raqamli muhitga munosabat ilk o‘spirinning hissiy ehtiyojlari, mustaqillikka intilishi, tengdoshlar bilan aloqalari, o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlari va kelajak maqsadlari bilan bog‘liq holda yoritiladi. Nazariy tahlil asosida virtual faoliyatning shaxs hayotidagi vazifasini aniqlash hamda profilaktik ishlarni yoshga xos va individual ehtiyojlarga moslashtirish yo‘nalishlari taklif etiladi. Virtual addiksiyani o‘rganishda shaxsiy xususiyatlar, oilaviy munosabatlar va ta’lim muhiti o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni hisobga olish zarurligi asoslanadi.

Kalit so‘zlar: virtual addiksiya, internetga tobelik, ilk o‘spirinlik, addiktiv xulq-atvor, raqamli muhit, psixologik ehtiyoj, o‘zini o‘zi boshqarish, tengdoshlar munosabatlari, oilaviy qo‘llab-quvvatlash

PDF yuklab olish