VAKSINATSIYA VA AHOLINING VAKSINATSIYAGA NISBATAN MUNOSABATI: JAMOAT SALOMATLIGINING DOLZARB MUAMMOSI

  • Abdurahimov Bobirjon Abdunabi o‘g‘li — Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi dotsenti
  • Abdusalomova Yasmina Anvar qizi — Alfraganus universiteti davolash ishi va pediatriya fakulteti 4-bosqich talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10-soni
Sahifalar
218-227
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23344996

Annotatsiya

Mazkur maqolada vaksinatsiyaning jamoat salomatligini muhofaza qilishdagi o‘rni, aholining vaksinalarga munosabatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda vaksinatsiyaga nisbatan ikkilanish (vaccine hesitancy) muammosi tahlil qilinadi. Vaksinatsiya yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularning aholi orasida tarqal-ishini cheklash va zaif guruhlarni himoya qilishga xizmat qiluvchi muhim profil-aktik chora sifatida yoritiladi. Vaksinalarning mavjudligi o‘z-o‘zidan yuqori em-lash qamrovini ta’minlamasligi, bunda aholining vaksinalar xavfsizligi va samara-dorligiga ishonchi, tibbiyot xodimlariga munosabati, ijtimoiy-madaniy omillar, ax-borot muhiti hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etishi asoslanadi. Shuningdek, vaksinatsiyaga nisbatan ikkilanishning ishonch, zaruratni anglash va qulaylik bilan bog‘liq omillari, tibbiyot xodimlarining kom-munikativ roli hamda raqamli axborot muhitining ta’siri ko‘rib chiqiladi. Aholi bi-lan muloqotda ilmiy dalillarga asoslangan, tushunarli, ochiq va empatik kommu-nikatsiyani yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlanadi. Vaksinatsiya siyosatini takomil-lashtirishda aholining munosabatini muntazam o‘rganish, emlashga to‘sqinlik qilu-vchi omillarni aniqlash va samarali kommunikatsiya strategiyalarini qo‘llash mu-himligi asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar: vaksinatsiya, immunizatsiya, jamoat salomatligi, vaksinalarga ishonch, vaksinatsiyaga nisbatan ikkilanish, vaksina xavfsizligi, emlash qamrovi, dezinfor-matsiya, sog‘liqni saqlash kommunikatsiyasi, profilaktika, tibbiyot xodimlari

PDF yuklab olish