UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDA BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARI NEYRODIDAKTIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI VA MODELLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida biologiya o‘qituvchilarining neyrodidaktik kompetensiyasini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va tarkibiy modeli yoritilgan. Ney-rodidaktikaning kognitiv psixologiya, neyrobiologiya va biologiya fanini o‘qitish metodikasi bilan aloqadorligi tahlil qilingan. Biologiya o‘qituvchilarining o‘quvchilarda diqqat, xotira, motivatsiya, muammoli fikrlash va bilimlarni uzoq muddatli o‘zlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda ta’limni loyihalash kompe-tensiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, pedagoglarning neyrodidaktik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli-motivatsion, mazmuniy, amaliy-texnologik hamda baholash-refleksiv komponentlarni qamrab oluvchi metodik model taklif etilgan. Modelni uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari va uning samaradorligini baholash mezonlari asoslangan.
Kalit so‘zlar: uzluksiz kasbiy rivojlantirish, biologiya o‘qituvchisi, neyrodidaktika, ney-rodidaktik kompetensiya, kognitiv yondashuv, neyroplastiklik, o‘quv motivatsiya-si, metakognitsiya, pedagogik modellashtirish, metodik model