“UZ” DOMENIDAGI DINIY-MA’RIFIY SAYTLAR KONTENT TAHLILI (2026 yil ma’lumotlari asosida)

  • Abdumo‘minova Zuhra Farhod qizi — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 1-kurs magistranti
  • Tohirova Hamidaxon Lutfulla qizi — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 1-kurs magistranti
  • Maxamatova Madina Sirojiddin qizi — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 1-kurs magistranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
292-304
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22642917

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston internet makonida faoliyat yuritayotgan “uz” domenidagi diniy-ma’rifiy veb-saytlarning jamiyat maʼnaviy-maʼrifiy hayotidagi oʻrni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Xususan, islomiy-maʼrifiy yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan «islom.uz», «siyrat.uz», «mehrob.uz», «muslim.uz», «bukhari.uz», «religions.uz» hamda maʼrifiy-ijtimoiy yoʻnalishdagi «ziyo.uz», «oyina.uz», «oliymahad.uz» kabi saytlarning axborot tarqatishdagi roli, foydalanuvchilarga taqdim etayotgan kontent mazmuni, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashdagi oʻrni va internet auditoriyasiga taʼsiri tahliliy oʻrganildi. Shuningdek, mazkur saytlarning milliy internet segmentini rivojlantirish, diniy-maʼrifiy bilimlarni keng ommaga yetkazish hamda yoshlar ongida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati ochib berildi. Tadqiqot davomida saytlarning funksional imkoniyatlari, yoʻnalishlari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: “uz” domeni, kibermakon, veb-saytlar tahlili, diniy-maʼrifiy saytlar, “islom.uz”, “siyrat.uz”, “mehrob.uz”, “muslim.uz”, “bukhari.uz”, “religion.uz”, “ziyo.uz”, “oyina.uz”, “oliymahad.uz”

PDF yuklab olish