“UY–DARAXT–ODAM” PROYEKTIV METODIKASI ORQALI SHAXS XUSUSIYATLARINI O‘RGANISHNING USLUBIY JIHATLARI

  • Mirzayev Olim Saforovich — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
55-61
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23152327

Annotatsiya

Mazkur maqola “Uy–Daraxt–Odam” proyektiv metodikasi orqali shaxs xususiyatlarini o‘rganishning uslubiy jihatlariga bag‘ishlangan. Maqolada “Uy–Daraxt–Odam” proyektiv metodikasining psixologik mazmuni, uning shakllanishi va rivojlanishiga doir ilmiy yondashuvlar, proyektiv metodlarning psixodiagnostik imkoniyatlari, metodikaning shaxs xususiyatlarini o‘rganishdagi o‘rni, tasviriy materiallarni psixologik tahlil qilish mezonlari, uy, daraxt va odam obrazlarining psixologik mazmuni, grafik belgilar orqali shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, metodikani qo‘llashning uslubiy talablari va olingan natijalarni kompleks psixodiagnostik yondashuv asosida talqin qilish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari “Uy–Daraxt–Odam” proyektiv metodikasidan shaxs xususiyatlarini o‘rganishda qo‘shimcha psixodiagnostik vosita sifatida foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: “Uy–Daraxt–Odam” proyektiv metodikasi, proyektiv metodlar, psixodiagnostika, shaxs xususiyatlari, individual-psixologik xususiyatlar, grafik tasvir, psixologik tahlil, diagnostik mezonlar, metodik yondashuv, shaxs diagnostikasi, psixologik talqin, proyektiv diagnostika

PDF yuklab olish