UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA ILMIY MANBALARGA ASOSLANGAN BOSHQARUVNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

  • Akbutayeva Gulasal Uzoq qizi — A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi yetakchi mutaxassisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
159-170
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22305494

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy ta’lim muassasalarini ilmiy manbalarga asoslangan holda boshqarishning pedagogik mexanizmlari kompleks tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi empirik pedagogika, zamonaviy ta’lim menejmenti nazariyalari hamda ilg‘or xalqaro tajriba asosida maktab boshqaruvining samarali pedagogik mexanizmlari tizimini ishlab chiqishdan iborat.

2020–2025-yillarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 18 ta umumta’lim maktabida olib borilgan empirik tadqiqot natijalari pedagogik mexanizmlarni kompleks qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Jumladan, o‘quvchilarning akademik natijalari 21–26 foizga, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi 34 foizga, ta’lim muassasalarining innovatsion faolligi esa 47 foizga oshgani aniqlandi. Shuningdek, maqolada boshqaruvning diagnostik-tahliliy, motivatsion-rivojlantiruvchi, tashkiliy-kommunikatsion hamda monitoring-refleksiv kabi to‘rtta asosiy pedagogik mexanizmi ilmiy jihatdan asoslangan va ularning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar: pedagogik mexanizm, ilmiy manbalarga asoslangan boshqaruv, ta’lim menejmenti, diagnostika, motivatsion mexanizm, monitoring, refleksiya, kasbiy rivojlanish, maktab direktori, dalillarga asoslangan amaliyot

PDF yuklab olish