UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INKLYUZIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida inklyuziv madaniyatni shakllantirishning mazmun-mohiyati, pedagogik va ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv madaniyat barcha o‘quvchilarga, ularning individual xususiyatlari, qobiliyatlari va ta’lim ehtiyojlaridan qat’i nazar, teng imkoniyatlar yaratishga asoslanadi. Maqolada inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirishda pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi, o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamkorlik, ota-onalar bilan samarali muloqot hamda maktab jamoasining roli tahlil qilinadi. Shuningdek, inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va amaliy mexanizmlari ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, inklyuziv madaniyat, umumta’lim maktabi, teng imkoniyat, alohida ta’lim ehtiyojlari, bag‘rikenglik, hamkorlik, ijtimoiy moslashuv, pedagogik yondashuv