UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FONETIKA O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida ona tili fanining fonetika bo‘limini o‘qitishni takomillashtirishning ilmiy-metodik va pedagogik asoslari tahlil qilingan. Fonetika ta’limining o‘quvchilarda to‘g‘ri talaffuz, nutq madaniyati, fonologik kompetensiya, urg‘u va intonatsiyadan o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, amaldagi ta’lim jarayonida uchraydigan metodik muammolar, jumladan, an’anaviy o‘qitish usullarining ustu-vorligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli foydalanmaslik, indi-vidual yondashuvning sustligi hamda o‘quv materiallaridagi ayrim nazariy-metodik nomuvofiqliklar tahlil etilgan. Maqolada o‘zbek tilshunosligi va ona tili ta’limi tar-ixiga oid ilmiy qarashlar, xususan, Abdurauf Fitrat, Q. Ramazon, X. Qayumiy, A. G‘ulomov va H. Ne’matovlarning ilmiy-metodik yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, R. Lado, R. Mayer va B. Tomlinson kabi olimlarning qarashlari asosida fonetika o‘qitishda interfaol metodlar, multimedia vositalari, differensial yon-dashuv va amaliy mashqlar tizimini takomillashtirish zarurati asoslangan. Natijada fonetika ta’limi samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: fonetika, ona tili ta’limi, adabiy talaffuz, fonologik kompetensiya, nutq madaniyati, intonatsiya, urg‘u, metodik ta’minot, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, fonetik mashqlar tizimi