UMUMTA’LIM MAKTABLARI 9-SINF “TARBIYA” DARSLARIDA JADID MUTAFAKKIRLARI MEROSI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

  • Rustamov Ramziddin Abdullayevich — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
110-120
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22643108

Annotatsiya

Maqolada umumta’lim maktablarining 9-sinf “Tarbiya” fanida Jadid ma’rifatparvari Abdulla Avloniyning axloqiy-falsafiy merosi asosida o‘quvchilarning ijtimoiy kompetentligini (soft skills) shakllantirish metodikasi tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi – milliy pedagogik merosni zamonaviy ta’lim talablari bilan uyg‘unlashtirgan integratsiyalashgan dars modelini ishlab chiqish bo‘lib, unda tanqidiy fikrlash, kommunikativlik, hamkorlik, liderlik, empatiya va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalari rivojlantiriladi. O‘quvchilarning o‘smirlik davri xususiyatlari hisobga olingan holda, Avloniy merosi real hayotiy vaziyatlar (keyslar), loyihaviy faoliyat va interaktiv muhokamalar bilan bog‘langan. Avloniyning “fikr tarbiyasi”, “intizom”, “muomalat” va “axloq” tushunchalari zamonaviy “critical thinking”, “communication skills”, “media literacy” va “emotional intelligence” kompetensiyalari bilan sintez qilinib, o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi oshirilgan. Yondashuv “Yangi O‘zbekiston” strategiyasining ta’limni yangilash, milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash tamoyillariga mos keladi.

Kalit so‘zlar: tarbiya fani, jadidlar merosi, soft skills, ijtimoiy kompetentlik, Abdulla Avloniy, fikr tarbiyasi, tanqidiy fikrlash, kommunikativ kompetensiya, milliy tarbiya, integratsiyalashgan dars modeli, loyihaviy o‘qitish (PBL), media literacy, axloqiy tarbiya

PDF yuklab olish