UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QITUVCHILARINING AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI
Annotatsiya
Maqolada umumta’lim maktab o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirishning ayrim masalalari haqida so‘z yuritiladi. Umumta’lim fanlarini o‘qitishda samaradorlikka erishish uchun o‘qituvchilarining axborot kompetentliginining bevosita va bilvosita aloqadorligi, ularning axborotlashgan jamiyatda hayot sharoitlari va mehnat faoliyatiga moslashishida, axborotlarni baholash, tahlil qilish, sohaga yo‘naltirish, mustaqil-ijodiy ishni tashkil etishida, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashda axboriy salohg‘iyatining o‘rni haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: kasbiy kompetensiya, axborot kompetentlik, kasbiy axborot oqimi, ijodiy, fanlararo yondashuv, axborot faoliyati, ахборот iste’moli, texnologik, mantiqiy ishlash