UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARINING O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH KOMPETENTLIGINI REFLEKSIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligini refleksiv yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy va pedagog-ik asoslari yoritilgan. O‘quvchilarda o‘z faoliyatini tahlil qilish, o‘z imkoniyatlarini anglash, maqsad belgilash, xatolardan xulosa chiqarish va shaxsiy rivojlanishni re-jalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligining motivatsion, kognitiv, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv-baholash komponentlari tavsiflangan. Refleksiv yon-dashuv asosida diagnostik, maqsadli, faoliyatli, refleksiv va korreksion pedagogik mexanizmlarni o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash zarurati asoslangan. Maqolada re-fleksiv ta’lim muhitini tashkil etish, o‘z-o‘zini baholash vositalaridan foydalanish va o‘qituvchi hamda o‘quvchi hamkorligini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: o‘z-o‘zini rivojlantirish, kompetentlik, refleksiya, refleksiv yondashuv, shaxsiy rivojlanish, pedagogik mexanizmlar, o‘z-o‘zini baholash, mustaqil ta’lim, moti-vatsiya, umumiy o‘rta ta’lim