UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA DARS JARAYONIDA O‘QUVCHILAR DIQQATINI OSHIRISH – TA’LIM SIFATINI YUKSAK BOSQICHGA KO‘TARISH OMILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini boshqarish, faollashtirish va barqarorlashtirishning psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilingan. Diqqatning ogohlik, yo‘naltirish va ijroiy nazorat tar-moqlaridan tashkil topgan neyrokognitiv modeli o‘quv mashg‘ulotlarining tarkibiy tuzilishi bilan bog‘langan. Xalqaro empirik tadqiqotlar natijalari asosida faol o‘qitish metodlarining o‘quv natijalariga ta’siri, sinf xonasidagi vizual muhitning diqqatni jamlashdagi ahamiyati hamda o‘qituvchining sinfni boshqarish mahorati yoritilgan. Tahlillar faol o‘qitish usullari o‘quv kursini o‘zlashtira olmaslik ko‘rsatkichini 33,8 foizdan 21,8 foizgacha kamaytirishini, ortiqcha vizual bezaklar esa o‘quvchilarning chalg‘ish vaqtini 28,4 foizdan 38,6 foizgacha oshirishini ko‘rsatadi. Shuningdek, diqqatning dinamik xususiyatlarini hisobga olgan holda 45 daqiqalik darsni tashkil etishning olti bosqichli pedagogik modeli taklif etilgan. Mazkur model o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, kognitiv yuklamani maqbullashtirish va ta’lim samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: diqqat, ta’lim sifati, dars samaradorligi, faol o‘qitish, ijroiy funksiyalar, kognitiv yuklama, sinf muhiti, o‘quv faoliyati, umumiy o‘rta ta’lim