TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI VA XOTIN-QIZLAR SAVODXONLIGI MASALALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadid-chilik harakatining ma’rifiy-pedagogik faoliyati hamda xotin-qizlar savodxonligini oshirish borasidagi tashabbuslari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Jadid namoyandalarining yangi usul maktablarini tashkil etish, qizlar ta’limini rivojlan-tirish, ayollarning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish va yosh avlod tarbiyasida onalarn-ing bilim darajasini oshirishga qaratilgan qarashlari yoritilgan. Ismoilbek Gaspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulqodir Shakuriy va boshqa ma’rifatparvarlarning faoliyati misolida Turkistonda xotin-qizlar ta’limi masalasining ijtimoiy-ma’rifiy mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, davriy mat-buot materiallari, arxiv hujjatlari va tarixiy adabiyotlar asosida qizlar maktablarin-ing tashkil etilishi, birgalikda ta’lim berish tajribalari, ayollarning madaniy hayot va teatr san’atiga jalb etilishi o‘rganilgan. Jadidlarning xotin-qizlar savodxonligini millat taraqqiyoti, oilaviy tarbiya va jamiyatning ma’naviy yangilanishi bilan bog‘liq holda talqin qilganliklari asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: jadidchilik harakati, Turkiston, ma’rifatparvarlik, xotin-qizlar savodxonligi, yangi usul maktablari, qizlar ta’limi, milliy uyg‘onish, pedagogik qarashlar, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy