TURAR JOY BINOLARINING PANELLI DEVORLARINI ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIKKA HISOBLASH
Annotatsiya
Ushbu maqolada panelli turar joy binolarida qo‘llaniladigan devor konstruksiyalarining issiqlik-texnik xususiyatlari va konstruktiv samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi panel konstruksiyasining qatlam tarkibini o‘zgartirish orqali issiqlik uzatilishini kamaytirish va konstruktiv massani optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Bir xil umumiy qalinlikka ega bo‘lgan turli tarkibdagi panelli devorlarning issiqlik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Bunda bir jinsli beton panel, issiqlik izolyatsion qatlamli panel hamda ichki havo bo‘shlig‘iga ega panel konstruksiyalari ko‘rib chiqildi. Hisoblash natijalari asosida harorat taqsimoti, issiqlik oqimi va umumiy issiqlik qarshiligining shakllanishi tahlil qilindi. Shuningdek, beton hajmining kamayishi natijasida konstruktiv massaning o‘zgarishi baholandi. Natijalar issiqlik izolyatsion material va havo bo‘shlig‘idan foydalanish panel devorlarining issiqlikni saqlash samaradorligini oshirish hamda konstruktiv massani kamaytirishga imkon berishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari panelli turar joy binolarining tashqi devor konstruksiyalarini takomillashtirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: panel devor, turar joy binosi, issiqlik o‘tkazuvchanlik, issiqlik uzatish, issiqlik qarshiligi, issiqlik izolyatsiyasi, havo bo‘shlig‘i, beton panel, issiqlik oqimi, konstruktiv massa, energiya samaradorligi