TUG‘MA YURAK NUQSONLARI BILAN TUG‘ILGAN BOLALARNING HAYOT DAVOMIYLIGI VA YASHAB QOLISH KO‘RSATKICHLARI: ADABIYOTLAR SHARHI
Annotatsiya
Tug‘ma yurak nuqsonlari (TYN) bolalik davrida uchraydigan muhim tug‘ma rivojlanish anomaliyalaridan biri bo‘lib, ularning klinik kechishi nuqsonning anatomik tuzilishi va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Ushbu maqolada TYN bilan tug‘ilgan bolalarning yashab qolish ko‘rsatkichlari, hayot davomiyligiga ta’sir qiluvchi omillar hamda zamonaviy tibbiy yordamning ahamiyati ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Tahlil natijalari so‘nggi o‘n yilliklarda neonatal yordam, diagnostika va kardiojarrohlik rivojlanishi tufayli yashab qolish imkoniyatlari sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, kritik va murakkab, ayniqsa bir qorinchali qon aylanishiga ega nuqsonlarda erta o‘lim xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Erta tashxis, prenatal va neonatal skrining, o‘z vaqtida jarrohlik aralashuvi hamda uzluksiz kardiologik kuzatuv uzoq muddatli natijalarni yaxshilashning muhim shartlari hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: tug‘ma yurak nuqsonlari, bolalar kardiologiyasi, yashab qolish, hayot davomiyligi, kritik yurak nuqsonlari, neonatal skrining, exokardiografiya, kardiojarrohlik, prognoz