TRANSFORMATSIYA YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

  • Turaboyev Azamat Maxamadullayevich — University of Business and Science “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
151-158
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22234349

Annotatsiya

Ushbu maqolada transformatsiya yondashuvi negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish mexanizmlarining ilmiy-nazariy hamda metodologik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda transformativ ta’lim konsepsiyasining asosiy tamoyillari, uning shaxs kamoloti, kasbiy o‘zini identifikatsiya qilish va milliy qadriyatlarni ongli ravishda o‘zlashtirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Xorijiy hamda mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, milliy o‘zlikni anglashning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik omillar aniqlangan va ularni transformatsiya yondashuvi asosida takomillashtirishning ilmiy asoslari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: transformatsiya yondashuvi, milliy o‘zlikni anglash, milliy identiklik, pedagogik mexanizmlar, refleksiv tafakkur, tanqidiy fikrlash, kasbiy identiklik, milliy qadriyatlar, kasbiy kompetentlik, innovatsion pedagogik texnologiyalar, oliy ta’lim, shaxs kamoloti, ma’naviy-axloqiy rivojlanish

PDF yuklab olish