TISH KARIESI KASALLIGINING KELIB CHIQISH OMILLARI VA IRSIYLANISH KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Annotatsiya
Ushbu maqolada tish kariyesining kelib chiqish omillari, jumladan mahalliy (og‘iz gigiyenasi, mikrobiologik holat, ovqatlanish odatlari) va umumiy (immunitet, somatik kasalliklar, ekologiya) omillar tahlil qilingan. Shuningdek, kariyesga irsiy moyillik masalalari yoritilib, kariyes xavfining 52–63% gacha genetik omillarga bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Maqolada Streptococcus mutansning virulentlik omillari hamda emal rivojlanishini boshqaruvchi genlar (ENAM, AMELX, AMBN, KLK4, TUFT1) va immun javob genlarining (HLA-DRB1) karies patogenezidagi o‘rni bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: tish kariyesi, etiologiya, genetik moyillik, Streptococcus mutans, demineralizatsiya