TILLARARO MUNOSABATLARNING LINGVISTIK VA KOGNITIV RIVOJLANISHGA TA’SIRI

  • Mirkasimova Zilola Alisherovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tili integrallashgan kursi № 1” kafedrasi dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
123-130
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24300949

Annotatsiya

Mazkur maqolada bilingvizm hodisasining lingvistik, psixolingvistik va kognitiv xususiyatlari, ikki tillilikning shaxs intellektual hamda nutqiy rivojlanishiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, monolingvizm, bilingvizm va polilingvizm tushunchalarining mazmun-mohiyati ochib berilib, bilingval kompe-tensiyaning tarkibiy xususiyatlari va shakllanish omillari yoritiladi. Shuningdek, bilingvallikning tarixiy ildizlari, Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida ko‘p tillilik an’analarining namoyon bo‘lishi hamda turli davrlarda ikki tillilikka nisbatan shakllangan ilmiy qarashlar tahlil etiladi. Maqolada xorijiy tilni erta yoshdan o‘rgatishning kognitiv rivojlanishga ta’siri, ona tili va ikkinchi til o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shuningdek, muvozanatli bilingvallikni shakllantirishning psix-olingvistik asoslariga alohida e’tibor qaratiladi. Ilmiy manbalar tahlili asosida bilingvizmning bolaning kommunikativ, lingvistik va bilish kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilib, ona tilining mustahkam shakllanishi ikkinchi tilni samarali o‘zlashtirish uchun muhim omil ekanligi asoslanadi.

Kalit so‘zlar: bilingvizm, monolingvizm, polilingvizm, bilingval kompetensiya, ona tili, erta yoshdan til o‘rganish, kognitiv rivojlanish, psixolingvistika, lingvistik kompetensi-ya, kommunikativ kompetensiya, muvozanatli bilingvallik

PDF yuklab olish