TIBBIYOT OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISHNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYAGA ASOSLANGAN KONSEPTUAL MODELI
Annotatsiya
Maqolada tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim xizmatlarini boshqarishning raqamli transformatsiyaga asoslangan konseptual modelini ishlab chiqish hamda uning tarkibiy-funksional xususiyatlari tadqiq etilgan. Tibbiy ta’limda akademik ja-rayonlar, klinik tayyorgarlik, raqamli xizmatlar va boshqaruv qarorlarining o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda tizimli, jarayonli, kompetensiyaviy va inte-grativ yondashuvlar, shuningdek, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv tamoyillar-idan foydalanilgan. Taklif etilgan model maqsadli-diagnostik, metodologik, subyekt-integratsiya, mazmuniy-jarayon, raqamli-texnologik, tashkiliy-pedagogik hamda monitoring-analitik va natijaviy komponentlarni yagona boshqaruv tizimiga birlashtiradi. Modelning markaziy elementi sifatida raqamli-analitik boshqaruv yadrosi asoslangan bo‘lib, unda ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, qaror qabul qilish, pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda qayta aloqa uzluksiz boshqaruv ja-rayonining tarkibiy qismlari sifatida qaraladi. Shuningdek, modelni tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarining institutsional sharoitlariga moslashtirish imkoniyatlari aniqlangan.
Kalit so‘zlar: tibbiy ta’lim, ta’lim xizmatlari, raqamli transformatsiya, konseptual model, peda-gogik menejment, raqamli boshqaruv, klinik kompetensiya, ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish, integratsiya, sifat monitoringi