TIBBIYOT OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA NOORGANIK KIMYO FANINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida noorganik kimyo fanini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari va interaktiv o‘qitish usullarining ta’lim sifati hamda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilingan. Noorganik kimyo fanining murakkab nazariy tushunchalarini o‘rgatishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish talabalarning mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish o‘quv samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar: noorganik kimyo, raqamli texnologiyalar, tibbiy ta’lim, elektron ta’lim, virtual laboratoriya, interaktiv o‘qitish, multimedia, ta’lim metodikasi