TIBBIYOT OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA BIOKIMYO FANINI DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biokimyo fanini o‘qitishda dasturiy vositalardan foydalanishning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilingan. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar asosida virtual laboratoriyalar, molekulyar modellashtirish dasturlari, ta’lim platformalari hamda interaktiv elektron resurslarning ta’lim samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tahlillar natijasida noorganik kimyo fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan
Kalit so‘zlar: noorganik kimyo, dasturiy vositalar, raqamli ta’lim, virtual laboratoriya, molekulyar modellashtirish, oliy ta’lim, pedagogik texnologiyalar