TIBBIY TAʼLIMDA «TIL–FAN–AMALIYOT» KONSEPSIYASI: FANLARARO KOGNITIV-INTEGRAL YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida ingliz tilini oʻqitishning fanlararo aloqadorlikka asoslangan «til–fan–amaliyot» (TFA) konsepsiyasi asoslab berilgan. Konsepsiya til, mutaxassislik bilimi va klinik amaliyotni yaxlit tizimda birlashtiruvchi kognitiv-integral mexanizmga tayanadi. ESP, CLIL va EMI yondashuvlarining fanlararo integratsion salohiyati qiyosiy tahlil qilingan, R.M. Harden integratsiya zinapoyasi asosida konsepsiyaning nazariy mavqei belgilangan hamda tibbiy terminologiyaning morfologik generativligi empirik tahlil orqali koʻrsatilgan.
Kalit so‘zlar: til–fan–amaliyot konsepsiyasi, fanlararo aloqadorlik, kognitiv-integral yondashuv, ESP, CLIL, integratsiya zinapoyasi, tibbiy terminologiya