TEXNOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TARBIYAVIY TADBIRLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida texnologik yondashuvning nazariy-metodologik asoslari, tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashtirish va amalga oshirish mexanizmlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foyda-lanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tarbiyaviy tadbirlar samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning ehtiyojlarini diagnostika qilish, maqsad va vazifalarni belgilash, interaktiv metodlarni tanlash, raqamli vositalardan maqsadli foydalanish hamda na-tijalarni monitoring qilishning pedagogik ahamiyati asoslangan. Shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirishga qaratilgan bosqichma-bosqich pedagogik model taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: tarbiya, tarbiyaviy tadbir, texnologik yondashuv, pedagogik texnologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv metodlar, raqamli ta’lim, pedagogik di-agnostika, monitoring, tarbiyaviy samaradorlik