TEST TOPSHIRIQLARINI SIFAT JIHATIDAN ANALIZ QILISHNING ZAMONAVIY MATEMATIK-STATISTIK METODLARI
Annotatsiya
Test topshiriqlarining sifati past bo‘lishi pedagogik o‘lchov natijalarining noto‘g‘ri talqin qilinishiga va baholashning diagnostik qiymati pasayishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi test topshiriqlarini sifat jihatidan tahlil qilishda zamonaviy matematik-statistik yondashuvlarning samaradorligini aniqlashdan ibo-rat. Tadqiqot uch bosqichli pedagogik tajriba asosida tashkil etildi: aniqlovchi pre-test, shakllantiruvchi intervensiya va nazorat posttest. O‘lchov vositasining ichki izchilligi Cronbach alfa koeffitsienti orqali baholandi. Dastlabki ma’lumotlarda Cronbach α = 0,81, regressiya modelida R² = 0,58 natijasi qayd etildi. Shuningdek, qiyinchilik indeksi va farqlash koeffitsientining natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Statistik tahlil natijalari test topshiriqlarining sifatini baholashda ishonchlilik, diskriminativlik va diagnostik aniqlik mezonlarini bir-galikda qo‘llash muhimligini ko‘rsatdi. Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati test topshiriqlarini saralash, test banklarini takomillashtirish va baholash mezonlarini standartlashtirishga xizmat qiluvchi bosqichma-bosqich tahliliy yondashuvni aso-slash bilan belgilanadi.
Kalit so‘zlar: Cohen d effekti, diagnostik aniqlik, eksperimental dizayn, matematik-statistik tahlil, test topshiriqlari sifati, Cronbach alfa, korrelyatsiya, regressiya, pedagogik diagnostika