TERMIZIY ALLOMALAR TA’LIMOTIGA KO‘RA SHAXS KAMOLOTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY INSTITUTLARNING O‘RNI

  • Majidov Azim Kaxxarovich — Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
193-200
Nashr sanasi

Annotatsiya

Maqolada Termiziy allomalar taʼlimotida shaxs kamolotining maʼnaviy-axloqiy va maʼrifiy asoslari hamda ushbu jarayonda maʼnaviy-maʼrifiy institutlarning oʻrni tahlil etilgan. Xususan, Abu Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy va Termiz zaminidan yetishib chiqqan boshqa allomalar ilmiy-maʼnaviy merosida insonning axloqiy yetukligi, ilm-maʼrifatga intilishi, ezgulik, bagʻrikenglik, adolat va jamiyat oldidagi masʼuliyati masalalariga alohida eʼtibor qaratilgani yoritilgan. Shuningdek, oila, taʼlim muassasalari, mahalla, masjid va boshqa maʼnaviy-maʼrifiy institutlarning yosh avlod tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda shaxsning ijtimoiy faolligini oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: Termiziy allomalar, shaxs kamoloti, maʼnaviy-maʼrifiy institutlar, maʼnaviy tarbiya, axloqiy yetuklik, ilm-maʼrifat, taʼlim, oila, mahalla, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar

PDF yuklab olish